Hasan Ruhoniy Eronning gender tengligini ta’minlash bo‘yicha o‘z siyosatini izchil davom ettirishini ta’kidladi. 20-aprel – Ayollar milliy bayramida nutq so‘zlar ekan, Eron Prezidenti “ayollarning ijtimoiy faolligini tahdid sifatida qabul qilayotganlarga” tanqidiy munosabat bildirib, hukumatning har doimgidek gender tengligini ta’minlash borasida sobitqadamlikni saqlab qolishini bildirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Ayollar jamiyatda teng imkoniyatlardan foydalanishi, teng himoya va ijtimoiy huquqqa ega bo‘lishlari lozim”, — deya ta’kidladi Prezident o‘z chiqishida. “Islom qonunlariga ko‘ra, erkak – kuchli jins vakili emas, ayollar ham – ojiz jins vakili emaslar”.
Afsuski, mamlakatning diniy hukumati rahbari oyatulloh Ali Homeniy mutlaqo boshqacha fikrda. Vaziyatga izoh berar ekan, Homeniy gender tengligi “G‘arbning eng katta xatolaridan biri” ekanini ta’kidladi. Shuning bilan birga, u ayollarning ish bilan bandligi masalasiga hech qanday qarshiligi yo‘qligi, lekin “asosiy masala” – ayollarning kundalik hayot va oiladagi rolini aslo unutib bo‘lmasligini aytgan.
Izoh (0)