Afg‘onistondagi prezidentlik saylovlarida mamlakat tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Abdulla Abdulla yetakchilik qilmoqda. Biroq Reuters’ning Afg‘oniston Mustaqil saylov komissiyasiga asoslanib xabar berishicha, saylovdagi uzil-kesil g‘alaba uchun unga saylovchilarning ovozi yetmayapti, deb yozadi “Kun”.
Hozirgacha Afg‘onistondagi prezidentlik saylovlarining 50% ovozi hisoblab chiqilgan. Ayni vaqtdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Abdulla 44,4% ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi G‘arbparast nomzod – Ashraf G‘ani hisobida esa 33,2% ovoz bor.
Saylovning yakuniy natijalari 14-may kuni e’lon qilinadi. Agar zarurat tug‘ilsa, saylovning ikkinchi bosqichi may oyi oxirida o‘tkaziladi.
Izoh (0)