Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vyetnam vrachlari ignabaliq hujumidan jarohatlangan rossiyalik turist ayol hayotini saqlab qoldi. 44 yoshli Oksana Kalininaning bo‘yniga zaharli baliq tomonidan berilgan zarbadan u falaj bo‘lib qolgan, biroq uzoq davom etgan operatsiya tufayli unga harakat qilish imkoni qaytgan, deb xabar beradi Tuoitrenews.vn nashri.

Ignabaliq hujumidan jarohatlangan ayol. Foto: tuoitrenews.vn

Ignabaliq hujumidan jarohatlangan ayol. Foto: tuoitrenews.vn

Jabrlanuvchi 13-aprel kuni Kxanxoa shifoxonalaridan biriga olib kelingan. Cho‘milish vaqtida u to‘satdan bo‘ynida tishlashga o‘xshash og‘riq sezgan, shundan so‘ng u qo‘l-oyoqlarini sezmay qolgan. Unga yordam berish uchun turmush o‘rtog‘i yetib kelgan.

Yirtqich baliq hujumi oqibatida turist ayol bo‘yni va umurtqasidan jarohat olgan. Yetti soatlik operatsiyadan so‘ng u yana harakat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Vrachlar uning tanasidan ignabaliqning tish va suyak siniqlarini chiqarib olgan. Eng katta bo‘laklar to‘rt santimetrgacha uzunlikda bo‘lgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, Kalininaning ahvoli yaxshilanganda uni yana bir marta operatsiya qilish lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Mahalliy
Buxoroda ispaniyalik erkak savdolashayotgan vaqtda to‘satdan vafot etdi
Dunyo
AQSH prezidentligiga nomzod Putin bilan 72 soat ichida kelishuvga erishish rejalarini aytdi