Ukraina prezidentligiga nomzodini qo‘ygan “Batkivshchina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko AQSh kongressiga Ukraina uchun harbiy yordam so‘rab murojaat qildi. Bu haqda “ITAR-TASS” ma’lumotiga asoslanib Gazeta.ru xabar berdi.
“Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, uning suveriniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishingizni so‘rayman”, — deya Timoshenko AQSh kongressiga murojaat etgan.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Ukrainaga har tomonlama, shu jumladan, havo hujumiga va tankka qarshi qurol-yarog‘ hamda harbiy tarkibni o‘qitishni o‘z ichiga olgan harbiy-texnik yordam kerak.
Izoh (0)