Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Koreyaning janubi-g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchragan “Sevol” (Sewol) paromi qurbonlari soni 58 nafarga yetdi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.

Suvga cho‘kkan “Sevol” paromi. Foto: metronews.ru

Suvga cho‘kkan “Sevol” paromi. Foto: metronews.ru

Avvalroq, halokat natijasida 36 kishining jasadi topilgani haqida ma’lum qilingan edi.

Parom 16-aprelga o‘tar kechasi Janubiy Koreya qirg‘oqlaridan taxminan 100 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketgan. “Sevol” kemasi bortida 470 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda 250 dan ortiq yo‘lovchi bedarak yo‘qolgan, deya taxmin qilinmoqda. “Kun”ning xabariga ko‘ra, shanba kuni kema kapitani Li Chjun Sok hibsga olingan edi. Surishtiruv ma’lumotlariga ko‘ra, kema cho‘kishni boshlagan vaqtda kapitan rulda bo‘lmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)