“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu avvalroq klub hujumchi Lionel Messini transfer savdosiga qo‘yishni o‘ylayotgani to‘g‘risida Ispaniya OAVda paydo bo‘lgan ma’lumotlarni rad etdi. Bu haqda Championat.com xabar berdi.
“Odamlar Messiga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lmoqda, deb o‘ylayman. U jamoaga ko‘plab yutuqlar olib keldi. Lionel “Barselona”ning yetakchisi va u barchasini a’lo darajada uddalay olmoqda. Biz Lionel jamoaga omad olib kelishda davom etishiga shubha qilmaymiz. Messi hali yosh va shu bilan birga dunyoda eng yaxshi o‘yinchidir. Lionelning shartnomasi 2018-yilga qadar mo‘ljallangan, ammo biz futbol olamidagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, unga yangi taklif bildirmoqchimiz”, — dedi Bartomeu.
Izoh (0)