16-aprel kuni Moskva kafelaridan birining mijozlari hayratga tushishdi – ularga ofitsiant sifatida taniqli xonanda va aktrisa Vera Brejneva xizmat qildi. Bu haqda Mail.ru xabar qiladi.
Jozibador xonanda vaqtinchalik o‘z kasbini o‘zgartirib, yoshlik damlarini esga olib, peshtaxta ortidan joy egalladi, deyiladi xabarda.
Vera Brejneva Tea Cupcake kafesi mehmonlari bilan shirin muomala qilib, ularga qahva va shirinliklar keltirib berdi. Muassasa bekalari Mariya Zayseva va Anastasiya Dubakina o‘z bloglarida yozishlaricha, Vera bu ishni juda yaxshi uddalagan. U hisob-kitobni ham qoyilmaqom olib borgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kafening ushbu aksiyasi juda yaxshi chiqqanligini e’tirof etishgan. Kafe bekalari esa bunga javoban xonandaning kelishi “syurpriz” bo‘lganligini yozishgan.
Xabarda keltirilishicha, Vera Brejneva o‘zining dugonalaridan o‘rnak olib, yaqin orada restoran yoki kafe ochishi ham mumkin.
Xabaringiz bor, xonanda 12-aprel kuni Toshkentdagi “Turkiston” saroyining yozgi maydonida Samsung Galaxy S5 flagman smartfonining taqdimot marosimida ham ishtirok etgan.
Izoh (0)