Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida 10 nafar o‘zbekistonlik bokschidan 9 nafari saralash musobaqalarini muvaffaqiyatli boshlab, sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki nafar sportchi: Abdulhay Shoraxmatov hamda Shohruxbek Erkinov nimchorak finalga chiqqan bo‘lsa, qolgan yetti nafar sportchi 1/16 final bosqichida ringga ko‘tariladi.
Abdulhay Shoraxmatov shu kunga qadar ikki bor ringga chiqib har ikki jangni ham o‘z foydasiga hal etgan. Sulaymon Latipov, Shukurjon Rahimov, Iqboljon Xoldorov, Mahmud G‘oipov va Shohruxbek Erkinovlar bittadan g‘alabaga erishdi. Bektemir Meliqo‘ziyev, Kozimbek Mardonov va Obidjon Tohirov 1/16 final bosqichidan bahslarga kirishadi.
Terma jamoa a’zolaridan faqatgina Raxmatullo G‘ofurov (-91 kg) birinchi bosqichda mag‘lubiyatga uchradi.
Quyida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining navbatdagi raqiblari berilgan:
- 49 kilogrammgacha vazn toifasida: S. Latipov – N. Alfonso (Argentina). Ushbu jang 19-aprel kuni o‘tkaziladi. 1/16 final bosqichi.
- 52 kg: A. Shoraxmatov – M. Yusufzoda (Ozarboyjon). 20-aprel. 1/8 final.
- 56 kg: Sh. Rahimov – M. Yildirim (Germaniya). 18-aprel. 1/16 final.
- 60 kg: I. Xoldorov – L.Uilson (Avstraliya). 19-aprel. 1/16 final.
- 64 kg: M. G‘oipov – Z. Ridgevell (Kanada). 18-aprel. 1/16 final.
- 69 kg: B. Meliqo‘ziyev – K.Tobar (Gvatemala). 19-aprel. 1/16 final.
- 75 kg: K. Mardonov – S. Marinaj (Jazoir). 18-aprel. 1/16 final.
- 81 kg: O. Tohirov – I. Kulinenka (Bolgariya). 19-aprel. 1/16 final.
- 91 kilogrammdan yuqori vazn bo‘yicha: Sh. Erkinov – P. Kadiru (Germaniya). 20-aprel. 1/8 final
Izoh (0)