“Barselona” rahbariyati jamoada katta o‘zgarishlar qilishni ko‘zlamoqda. Klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoaga olti—yetti nafar futbolchi sotib olishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga jamoa bosh murabbiyi Xerardo Martino iste’foga chiqarilishi ham aniq bo‘lgan, deb yozadi Uff.uz “Chempionat” nashri xabariga tayanib.
“Barselona” ikki darvozabon, ikki markaziy himoyachi, o‘ng qanot yarim himoyasida o‘ynaydigan bir futbolchi hamda hujumkor yarim himoyachi bilan hujumchi sotib olishni rejalashtirgan. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozim, klubning transfer rejasi Lionel Messining “Barselona”da qolish yoki qolmasligiga bog‘liq. Agarda Messi klubda qolsa, yangi jamoa uning atrofida shakllantiriladi.Mavzuga doir
×
Izoh (0)