Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida yana bir yurtdoshimiz Mahmud G‘oipov (-64 kg) birinchi bosqichda g‘alaba qozonib, g‘oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: boxingbelarus.by

Foto: boxingbelarus.by

Gruziyalik Nukri Adamiaga qarshi jang olib borgan o‘zbek bokschisi yaqqol ustunlik bilan zafar quchdi. Endi Mahmud G‘oipov 1/16 final bosqichida kanadalik Zakari Ridgevell bilan bahs yuritadi.

Bugunga kelib hamyurtlarimizdan Sulaymon Latipov, Abdulhay Shorahmatov, Shukurjon Rahimov, Iqboljon Xoldorov, Mahmud G‘oipov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Kozimbek Mardonov birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tib, g‘oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Mahalliy
Toshkentning yana qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi