Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi FIDE Gran-Prisining to‘rtinchi bosqich 8-tur uchrashuvlari 17-aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi. OlamSport.com xabariga ko‘ra, partiyalar Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanishi belgilangan edi.
3,5 ochkoga ega Nafisa Mo‘minova 8-tur uchrashuvini yakunladi. Oq donalarda 3 ochkoga ega bo‘lib turgan gruziyalik Nana Dzagnidze bilan hisob-kitob qilgan Mo‘minova tajribali raqibasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi, – deb yozadi “Kun”.“Aslida Nafisa juda yaxshi pozitsiyaga chiqib borgan edi. Ammo Nana farzin bilan hujum uyushtirib, hamyurtimizni mot qildi”, – deyiladi OlamSport.com xabarida.
Izoh (0)