Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) dunyoning eng yaxshi klublari reytingini e’lon qildi. Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ushbu reytingning Top-200 taligiga kira olmadi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar berdi.
Eng kuchli klublar deb, 383 ball bilan Myunxenning “Bavariya” klubi, shuningdek, ikki ispan jamoalari — 301 ball bilan “Real” va 277 ball bilan “Barselona” tan olindi.
Ta’kidlash joiz, IFFHS’ning 2014-yil fevral oyidagi reytingida “Bunyodkor” jamoasi 93 ball bilan 187-o‘rinda bo‘lgan.
Izoh (0)