Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Apple va Samsung o‘rtasidagi patent bo‘yicha sudda ma’lum bo‘lishicha, Stiv Jobsning o‘limi Koreya kompaniyasi uchun yanada agressiv reklama kampaniyasini boshlash uchun sabab bo‘lgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: cultofmac.com

Foto: cultofmac.com

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq Samsung o‘z raqobatdoshiga “hujum” uyushtirish niyatida bo‘lmagan va buni Google amalga oshirishiga umid qilgan. Biroq Stiv Jobs vafot etgach, Samsung Apple bilan “yoqalashish”ga jazm qilgan. Sudga taqdim etilgan yozishmalarda Samsung’ning AQShdagi savdo-sotiq bo‘yicha vitse-prezidenti Mayk Pennington ushbu vaziyatni “iPhone’ga hujum qilish uchun eng yaxshi imkoniyat” deb baholagan.

Koreya kompaniyasidagilarning fikricha, Stiv Jobsning kompaniyadan ketishi uning obro‘siga putur yetkazgan va uning kelajagini shubha ostiga qo‘ygan. Aynan shu g‘oya The Next Big Thing Is Already Here (“Navbatdagi zo‘r narsa allaqachon shu yerda”) reklama kampaniyasiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Unda koreys kompaniyasi Apple ishqibozlari ustidan ochiqchasiga kulgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda qator yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi yangicha kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Mahalliy
Andijonda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
Mahalliy
Buxoroda 29 yoshli o‘g‘il onasini pichoqlab o‘ldirdi