Poytaxtdagi “Lokomotiv” istirohat bog‘ida “Katapulta” attraksionining trosi uzilgani haqidagi gaplar rad etildi. Istirohat bog‘i ma’muriyati vakili bog‘da hech qanday halokat sodir bo‘lmaganiga ishontirdi, deb yozadi Gazeta.uz.
“Har kuni bog‘ ochilishidan avval operator, slesar, elektrik, mexanik va ekspluatatsiya mudiridan iborat komissiya attraksionlarni nazorat qiladi va ulardan foydalanish mumkinligi yoki, aksincha, mumkin emasligi to‘g‘risida yozma ruxsat beradi”, — deb ta’kidladi “Lokomotiv” vakili.
Istirohat bog‘ining Facebook’dagi sahifasida berilgan xabarda qayd etilishicha, “Katapulta” attraksionida ikki xil xavfsizlik tizimi ko‘zda tutilgan.
“Tros va arqonlarning qanday tuzilgani haqida tasavvurga ega bo‘lmagan insonlarga internetda ularning tuzilishi, uzilishi yoki darz ketishi mumkinligi va yeyilish darajasi haqida o‘qishni tavsiya etamiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Zafar Diyor” bog‘i o‘rnida tashkil etilgan yangi “Lokomotiv” istirohat bog‘ining ochilish marosimi 21-mart kuni o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)