Ukraina prezidentligiga nomzodlardan biri Oleg Saryov Kiyevda qattiq kaltaklandi, ayni paytda u og‘ir ahvolda yotibdi. Bu haqda uning saytida berilgan xabarga asoslanib, “ITAR-TASS” ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ICTV kanali orqali bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirdan so‘ng telekanal binosini tark etayotgan mahal, Oleg Saryov qurollangan tajovuzkor olomon hujumiga uchragan. Davlat mudofaasi xodimlari uni qiyinchilik bilan ajratib olib, tez yordam mashinasiga o‘tqizishgan. Namoyishchilar “Tez yordam‘ni o‘tkazib yubormagach, boshqa avtomobilda uni olib ketishgan.
Saryov ICTV kanalining “So‘z erkinligi” ko‘rsatuvida qatnashgan. Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, xuddi shu bino yonida prezidentlikka nomzodlardan yana biri Mixail Dobkinga ham hujum qilib, “zelyonka” va un sepishgan.
Keyinroq Saryov uni “hech qanday vaziyat, jumladan jismoniy tahdidlar ham nomzodlikdan voz kechishga majbur qila olmasligini” ta’kidladi.
Izoh (0)