Londonda to‘tiqush o‘z bekasini jinoyatchidan qutqarib qoldi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar bermoqda.
Ayol o‘z qushchasi bilan xiyobonda sayr qilayotgan bo‘lgan. Shu vaqt noma’lum shaxs uning yelkasiga yopishib, tortqilashni boshlagan. Buni ko‘rib turgan to‘tiqush qanot qoqib, sayragan va jinoyatchini qo‘rqitib yuborgan, deb yozadi Kun nashri.
“Bu xiyobonda sayr qilib yurgan ayolga nisbatan amalga oshirilgan tasodifiy hujumlardan biri. Ayolni to‘tiqush qutqarib qolganiga qaramay, jinoyatchi yana biror boshqa shaxsga zarar yetkazmasligi uchun, biz uni albatta qidirib topmoqchimiz”, – deb mahalliy politsiya vakilidan iqtibos keltirmoqda gazeta.
Izoh (0)