Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan FIDE Gran-Prisida o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova turnirda uchinchi raqam ostida saralangan Chjao Syue (Xitoy)ni oq donalarda o‘ynab mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Birinchi turda bo‘lgani kabi, ikkinchi turda ham oltita partiyaning faqatgina bittasida durang natija qayd etildi. Ikkinchi turning farqli tomoni, unda Xou Ifan (Xitoy) va Tatyana Kosinseva (Rossiya) qora donalarda o‘ynab zafar quchdi (birinchi turda oq donalarda o‘ynagan besh nafar sportchi g‘alaba qozondi).
Quyida ikkinchi tur natijalari berilgan:
- Nafisa Mo‘minova (O‘zbekiston) — Chjao Syue (Xitoy) — 1-0
- Batchimeg Tuvshintugs (Mo‘g‘iliston) — Xou Ifan (Xitoy) — 0-1
- Nana Dzagnidze (Gruziya) — Anna Muzichuk (Sloveniya) — 0,5-0,5
- Katerina Lagno (Ukraina) — Olga Girya (Rossiya) — 1-0
- Antoaneta Stefanova (Bolgariya) — Anna Ushenina — (Ukraina) — 1-0
- Aleksandra Kostinyuk (Rossiya) — Tatyana Kosinseva — (Rossiya) — 0-1
Izoh (0)