Asosan qidiruvga moslangan Google kompaniyasi o‘zining xaritalar xizmatini yangiladi. Unda Qrim respublikasi endi Rossiya Federatsiyasi hududi sifatida ko‘rinmoqda, deb yozadi “ITAR-TASS”.
Hozirda maps.google.ru hamda maps.google.com’da Qrim va Ukraina orasida chegara chizig‘i mavjud, Qrim bilan Rossiya orasida esa u yo‘q.
Google’ning Rossiyadagi ofisi vakili Svetlana Anurova bu o‘zgarishlarni tasdiqladi, deydi “ITAR-TASS”. Uning aytishicha, “Google xaritalari jamoasi muammoli hududlar va obyektlarni xolisona aks ettirish uchun imkon qadar hamma ishni qiladi”.
Avvalroq Rossiyaning yirik internet-kompaniyalari – Mail.ru Group va “Yandeks” ham o‘z xaritalarida Qrim respublikasini va Sevastopol shahrini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shgan edilar. Ammo “Yandeks” shunday qilganki, yarim orol internetga Rossiyadan kirgan foydalanuvchilar uchun Rossiya tarkibida, Ukrainadan kirganlar uchun esa Ukrainaning tarkibiy qismi sifatida ko‘rinadi.
Izoh (0)