Bugun, 11-aprel kuni Shveysariyaning Nyon shahridagi Yevropa futbol assotsiatsiyalari uyushmasi (UEFA) bosh qarorgohida Chempionlar Ligasi yarim finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, “Real” “Bavariya” bilan, “Atletiko” esa “Chelsi” bilan bellashadi. Bu haqda Sports.ru xabar berdi.
Chempionlar Ligasining yarim final bahslari 22—23 va 29—30-aprel kunlari o‘tkaziladi. Turnir finali esa 24-may kuni Lissabonda tashkil etiladi.
Izoh (0)