“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyo 8 ming funt miqdorida jarimaga tortildi. Murabbiy Angliya chempionati 30-turida “Aston Villa”ga qarshi kechgan bahsda (0:1) yuzaga kelgan mojaro tufayli jazolangan. Bu haqda Sports.ru xabariga tayanib, Uff.uz ma’lum qildi.
Shuningdek, portugaliyalik murabbiy yana bir bor shunday holatga yo‘l qo‘ysa, jiddiy jazolanishi ham aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyo “Aston Villa”ga qarshi kechgan bahsda Ramiresning maydondan chetlatilishiga nisbatan jahl qilgan — u maydonga yugurib chiqqan va hakamga shaxsan e’tiroz bildirgan. Bu ishi uchun Mourinyo o‘sha vaqtning o‘zida zaxira o‘rindig‘idan chetlatilgan.
Izoh (0)