Angliyalik mashhur futbolchi Devid Bekxem kutilmaganda Shotlandiya viskisini ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshladi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar berdi.
Ichimlik o‘zgacha shakldagi to‘q ko‘k rang to‘g‘ri burchakli va zarhal qopqoqli idishlarga quyiladi. Jurnalistlar mazkur yangilikni soqol olishdan so‘ng ishlatiladigan yuqori dizayndagi atir shishalariga o‘xshatdi.
Viskining yangi markasi Haig Club deb nomlanadi. Devid Bekxem mazkur loyihani do‘sti va hamkori Saymon Fuller bilan birgalikda amalga oshirdi. Viskini Shotlandiyadagi eski aroq zavodi sanalgan The House of Haig’da ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Savdo ishlarini esa alkogol ichimliklari oldi-sotdisi bilan shug‘ullauvchi eng yirik kompaniyalardan biri — Diageo yuritadi.
“Men The House of Haig bilan hamkorlik qilishdan baxtiyorman. Kompaniya 400 yillik tarixga ega. Biz uning eski an’analarini saqlab qolgan holda viski olamiga o‘z yangiligimizni kiritamiz”, — deydi mashhur sportchi va tadbirkor Devid Bekxem.
Izoh (0)