“Gazprom” kompaniyasi gaz narxini oshirganligi sababli Ukraina Rossiyadan gaz olishni to‘xtatdi. Bu haqda Ukraina energetika vaziri Yuriy Prodan ma’lumot berdi, deya xabar qiladi “ITAR-TASS”.
Prodanning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina joriy yilning birinchi choragida o‘rnatilgan eski narxni qaytarish borasida muzokaralar olib bormoqchi. Shu bilan birga, vazir mart oyidagi gaz uchun Kiyev hozircha hisob-kitob qilmaganligini tasdiqladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan oyda gaz yetkazib berish bo‘yicha mamlakatning qarzi 550 million dollardan oshgan.
Shuningdek, energetika vazirining xabar qilishicha, Yevroittifoq Slovakiyadan gaz olish masalasida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan. Yevropadagi gaz kompaniyalari bu borada texnik jihatdan qiyinchilik yo‘qligini, faqat huquqiy jihatdan qiyinchilik yuzaga kelishi mumkinligini tasdiqlashgan. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Kiyevga energetik yordam paketini taqdim etishga ham va’da bermoqda.
Izoh (0)