Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat jamoat xavfsizligi vaziri O Son Xonni o‘tsochar qurol – ognemyot orqali yondirib yubordi. Bu haqda The Chosun Ilbo ma’lumotiga tayanib Gazeta.ru sayti xabar bermoqda.
Janubiy Koreya nashrining yozishicha, qatl sababi – O Son Xon sobiq Davlat mudofaa qo‘mitasi raisi Chan Son Txekka yordam berishda ayblangan. Ma’lumki, Kim Chen Inning pochchasi bo‘lgan Chan Son Txek 2013-yilning dekabrida qatl etilgan. Avvalroq 200 nafar amaldor Chan Son Txekka sodiqlikda ayblanib otishga hukm qilingan edi.O Son Xon bilan birga yana 10 nafar yuqori martabali amaldorlar ham qatl etilganligi xabar qilinmoqda.
Izoh (0)