Xalqaro kosmik stansiyaning Instagram tarmog‘idagi profiliga astronavt Stiven Svensonning selfisi joylandi. Gizmodo‘ning ta’kidlashicha, bu rasm servis tarixidagi fazoda olingan ilk fotosuratdir, deb yozadi Look At Me sayti.
Svenson fazoviy majmua modulida turib olib, “Xalqaro kosmik stansiyaga qaytdim, hayot go‘zal”, – deb yozadi.
Xalqaro kosmik stansiya (XKS) fazogirining selfisi Yerdan tashqarida olingan birinchi avtoportret-surat emas. O’tgan yili NASA’ning 32-ekspeditsiyasi bortinjeneri Mayk Xopkins ham XKS’dan ochiq fazoga chiqib, selfi janrida fotosurat olgan.
O‘tgan oyda NASA “Gravitatsiya” filmidan ilhomlangan holda olingan suratlarni keng omma bilan baham ko‘rgan.
Izoh (0)