Shimoliy Koreyada Top Gear va “Teledo‘mboqchalar” namoyish etiladi
Shimoliy Koreya rahbariyati Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasidan uchta telemahsulotni namoyish etish huquqlarini sotib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi The Independent.
Ushbu ro‘yxatdan Doctor Who (“Doktor Kim”), avtomobillar haqidagi Top Gear teledasturi hamda bolalar uchun mo‘ljallangan “Teledo‘mboqchalar” ko‘rsatuvi o‘rin olgan.
Hozirgi kunda Shimoliy Koreya televideniyesidagi eng ommabop shou inglizcha nomi It’s So Funny bo‘lgan ko‘rsatuv bo‘lib, unda askar libosini kiygan aktyorlar Kim Chen Inning buyukligi haqida kichik hajviy miniatyuralarni qo‘yadi, deb yozadi “Kun”.
Ayni vaqtda, taqiqlangan teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish va ularni mamlakat hududiga olib kirish Shimoliy Koreyada qat’iy jazolanadi va ayblanuvchilarga nisbatan o‘lim jazosi ham qo‘llanilishi mumkin.
