O‘zbekiston Davlat test markazi saytida 2013—2014-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga talabalarni qabul qilish uchun o‘tkazilgan test sinovining fakultetlar bo‘yicha tanlov va o‘tish ballari e’lon qilindi.
Saytda keltirilgan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlaridan keraklisini tanlash orqali o‘tgan yilgi qabul rejasi, muassasalarga hujjat topshirgan abituriyentlar soni, tanlov (bir o‘ringa necha kishi to‘g‘ri kelishi) va o‘rtacha o‘tish ballari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.