Pokistonning Laxor shahrida to‘qqiz oylik bolani sudga chaqirishdi. U qasddan odam o‘ldirishga urinishda ayblanmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bergan.
Gap shundaki, politsiya va gaz ta’minoti korxonasi xodimlari yoqilgan gaz uchun pul to‘lanmaslik holatlarini aniqlash va qarzlarni undirish uchun reyd uyushtirishgan. Shunda boshqa oila a’zolari qatori to‘qqiz oylik Musoxon ham ularga tosh otib, yaralaganlikda ayblanmoqda.
Musoxonning qarindoshlari va advokat politsiya xodimini malakasizlikda ayblashmoqda, uning ayblovi mamlakat qonunchiligiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Chunki Pokistonda 12 yoshgacha bo‘lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
“U o‘zi sut shishasini ko‘tara olmaydi-yu, qanday qilib politsiyachiga tosh otishi mumkin?” – deydi Musoxonning buvasi.
Izoh (0)