Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi o‘zining o‘quvchisiga haydovchilik guvohnomasini tayyorlab berish uchun pul olayotganda qo‘lga olindi. “Huquq” gazetasining xabar berishicha, o‘qituvchi guvohnoma tayyorlab berish uchun o‘quvchining onasidan 220 ming so‘m so‘ragan.

Foto: moscow-point.ru

Foto: moscow-point.ru
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish (SVOJJDLQK) departamentining Navbahor tuman bo‘limi boshlig‘i Jonibek Abdukarimovning yozishicha, o‘qituvchi o‘zining yengil avtomashinasida o‘quvchisining onasidan pulni sanab olayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Xabarda aytilishicha, ushbu jinoiy ishni ko‘rib chiqqan tuman sudi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qarorining tegishli bandiga asosan o‘qituvchini jazodan ozod qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)