Toshkentning Le Grande Plaza mehmonxonasida Lola bilan “Muloqot intervyu”ning navbatdagi soni suratga olingani haqida avval xabar bergan edik. Intervyuning yozma shaklidan bahramand bo‘lgan mushtariylar uning video lavhalarini ham intizorlik bilan kuta boshlagani haqida izohlar qoldirgan edi. Marhamat, intervyuni video shaklida ham tomosha qilishingiz mumkin.
Ismingizni kim qo‘ygan?
Lola: Hamma kabi mening ismimni ham ota-onam qo‘ygan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsam, bu ismni dadam qo‘ygan. Har xil takliflar bo‘lgan ekan, misol uchun Nargiza, Feruza. Lekin dadam shu ismni tanlagan va bundan juda ham xursandman, chunki xalq orasida bir gap bor: “Kemani qanday nomlasang, shunday suzadi”. Mening fe’l-atvorimni, didimni hisobga olgan holda ushbu ism men uchun eng mos deb hisoblayman. Aynan shu ismni men uchun tanlagani uchun dadamga katta rahmat aytaman.
Avval nega aynan Mayya taxallusi bilan ijod qilgansiz?
Lola: Bu taxallusim Rossiyada o‘qib yurganimda paydo bo‘lgan edi. Aslida Lola deb o‘z ismim bilan ijod qilmoqchi bo‘lganimda Moskvada Lolita va shunga o’xshash taxalluslar ko‘p bo‘lgani uchun men bilan ishlaydigan prodyuserlar Maya taxallusini tanlagan.
San’atga kirib kelishingizga nima turtki bo‘lgan: mehrmi yoki tashqi ta’sirmi? Ijodingizda ko‘proq kimlar bilan ishlaysiz?
Lola: Nimadir turtki bo‘lgan, deb ayta olmayman. Yoshligimdan o‘zimni san’atkor bo‘laman deb tayyorlardim. Maktab davrimda matemetika, fizika fanlaridan yomon baho olgan paytlarimda, “Mayli, siqilma, baribir san’atkor bo‘lasan”, — deb o‘zimni ovutardim (kuladi). Shu sababli san’atga kirib kelishim uydagilarimni hayratga solmagan. Ammo mening asl mutaxassisligim – huquqshunoslik.
Milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan uslubingizni yaratishda kim yordam bergan?
Lola: Buni kimdandir o‘rganganman, deb ayta olmayman. Chunki har bir libosim yoki sahna bezagi, yoki bo‘lmasa suratga olingan klip kuylaydigan qo‘shig‘imga, uning g‘oyasiga bog‘liq. To‘g‘ri, bir qator mutaxassislar ham stil ustida ishlashadi, ammo o‘zimga yoqadigan va ularning fikriga ham asoslangan bir murosaga kelishga harakat qilamiz. Eng muhimi, biz Sharqda yashaymiz, shu sababli milliyligimizni unutmasligimiz kerak, deb o‘ylayman.
Birinchi qo‘shig‘ingizni hali ham aytib turasizmi?
Lola: Albatta, birinchi qo‘shig‘im — “Shiribom”ni eslab turaman. Buni unutish juda qiyin. Sababi, maktabga ketayotgan vaqtimda ortimdan “Shiriboooom!” deb baqirib qolishardi, bundan o‘zimni juda g‘alati his qilardim. To‘g‘ri, bu ham o‘sha paytda bo‘lgan bir mashhurlik edi, lekin yosh bo‘lganim uchun buni tushunmaganman va bu holat menga yoqmas edi. Ruslan Sharipov qalamiga tegishli bo‘lgan shu “Shiribom” qo‘shig‘i men kuylagan birinchi qo‘shiq edi. Keyinchalik u kishi bilan albom ham chiqarganmiz.
Farzandlaringiz kelajakda qanday kasbni tanlashini xohlardingiz? Ular ham siz kabi san’atkor bo‘lish istagini bildirsa, bunga qanday qaragan bo‘lardingiz?
Lola: Farzandlarimning o‘qishiga, tarbiyasiga,bo‘sh vaqtlarining unumli o‘tishiga juda jiddiy qarayman. Ulardan umidim juda katta. Lekin ular tanlagan kasbning o‘zim shug‘ullanadigan ish bilan aloqasi bo‘lishini xohlamasdim. Agar san’at bilan shug‘ullanishga istak bildirsa, unga faqat xobbi sifatida qarashini xohlardim. Ochig‘ini aytsam, shifokorlik kasbiga qiziqish, havas va cheksiz hurmat bilan qarayman. Shu sababli, qizimning shifokor bo‘lishini juda xohlardim. O‘g‘limga kelsak… (sirli tabassum bilan) buni vaqt ko‘rsatadi. Lekin farzandlarim qaysi kasbni tanlashiga qaramasdan, albatta ularni qo‘llab-quvvatlayman. Eng muhimi, ular yuzimni yerga qaratmasa bo‘ldi.
Sizning fikringizcha, muxlislaringiz orasida qizlar ko‘pmi yoki yigitlar? Sizni yoshlar ko‘p tinglaydimi yoki keksalar?
Lola: Yoshlar! Oldin muxlislarim qatorida qizlar ko‘proq edi. Buni menga kelgan sovg‘alardan, xatlardan bilardim. Biroq hozirda fan-klubimga e’tibor beradigan bo‘lsak, yigitlar qatori kengayib borayotganini ko‘rish mumkin. Bu, albatta, quvonchli holat. Demak kuylayotgan qo‘shiqlarim ko‘pchilikka manzur kelmoqda. Eng muhimi, muxlislarim bor ekan, demak, men ham borman.
O‘zingizdagi uchta yaxshi va uchta yomon xislatlarni sanab bera olasizmi?
Lola: Yaxshi fazilatlarimning kamida 30 tasini sanab berishim mumkin, yomon tomonlarim esa umuman yo‘q, deb juda “kamtarona” javob berishim mumkin (kuladi). Aslida, ushbu savolga muxlislarim, yaqinlarim, men bilan ishlaydigan jamoam javob berishi kerak. Albatta yuqoridagi gapim hazil edi va o‘zimning nazarimda juda qattiqqo‘l va talabchan insonman. Bu gapimni jamoam tasdiqlasa kerak, chunki ularni bu jihatim bilan qiynab yuboraman — ularga haykal qo‘ysa ham kamlik qiladi. Ularga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Kamchiklarimga kelsak, onamning aytishicha, ikkita kamchiligim bor ekan: biri punktual emasligim (kech qolish odati) va ikkinchisi telefonimning quvvati doimo o‘chiq bo‘lishi. (Lekin bizning uchrashuvlarimizga Lola hali biron marta kech qolmagan, aksincha, belgilangan vaqtdan 15 daqiqa oldin kelib turadi. — “Daryo” tahririyati)
У вас были такие моменты, когда вы хотели бросить все это, т.е искусство, шоу-бизнес, сьемки и жить обычной жизнью?
Lola: Не скажу, что были такие моменты, потому, что раз человек этим занимается, то он этим живет и дышит. Потому, что это внутри, это живет в нас, в творческих людях. Сознательно, разумеется, я никогда этого не хотела, но соглашусь с тем, что были такие ситуации, когда приходилось отходить от творчества и карьеры. Но это тоже все зависело уже больше от окружающих нас обстоятельств. Потому, что к примеру, когда я вышла замуж, то уже занималась семьёй, своими детьми. И мне было сложно совмещать работу и семью.
Farzandlaringizga o‘zbek tilida alla aytganmisiz?
Lola: Tan olaman, farzandlarimga rus tilida alla aytganman. Chunki yoshligimda o‘zimning onam ham menga faqat rus tilida kuylardi. Masalan, onam menga kuylagan “Mamontcha” qo‘shig‘i hozirgacha qulog‘im ostida jarang sochadi.
Самый дорогой вам человек ваша мама или папа?
Lola: Тяжело сказать – кто для вас самый дорогой. Потому, что все мои близкие люди очень дороги мне и бесценны, так же, как моя мама и мой отец, и моя семья, и мои дети. Вообще моя семья и дети, это моя большая опора и именно они дают мне силу и стремление творить. И если бы не было их, то и не было бы меня на сегодняшний день! И таких людей много, которые занимают каждый своё особое место. Но родители – это, конечно, святое, тем более мама! Скажу честно – только став матерью, начинаешь все лучше понимать, то счастье и те трудности, с которыми сталкивается каждая женщина и любящая мать. И я желаю всем, всем нашим мамам огромного счастья и крепкого здоровья.
Turmush o‘rtog‘ingiz qo‘shiq kuylashingizga qarshilik bildirmaydimi?
Lola: Turmush o‘rtog‘im ijodimga juda yaxshi qaraydi. Meni bu borada qo‘llab-quvvatlab turadi va ijodimni ham yoqtiradi. Lekin, barcha oilali ayollar kabi chegaradan chiqmaslikka, har bir ishni boshlashdan avval turmush o‘rtog‘im bilan maslahatlashishga odatlanganman. Ijod mahsulim tayyor bo‘lgach, uni eng avval ikki kishiga ko‘rsataman. Birinchisi — mening otam, ikkinchisi — turmush o‘rtog‘im. Ular tomonidan bildirilgan fikrlar, hattoki tanqidlar ham men uchun juda muhim.
Talabalik yillaringiz qanday o‘tgan?
Lola: Talabaligim — eng qo‘msab eslaydigan paytlarim, yaqin do‘stlarim, birinchi muhabbatim. O‘sha yillarda uchratgan do‘stlarim bilan haligacha xabarlashib, bordi-keldi qilib turamiz. O‘qishga kirish paytlarim qiyin kechgan. Oliy o‘quv yurtiga (Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti) hamma o‘rtoqlarim bilan birga hujjat topshirganmiz. O‘sha yili faqat men kirish imtihonlaridan yiqilganman. Bu holat menga juda qattiq ta’sir qilgan, hayot xuddi to‘xtab qolganday tuyulgan (kuladi). Lekin yaqinlarim sababli o‘z ijodimni va o‘qishga tayyorgarligimni davom ettirganman. Keyingi yil o‘qishga kirib, maqsadimga erishganman. Birinchi kursligimda ilk sevgimni uchratib, qarabsizki, ikkinchi kursdayoq kelinlik libosini kiyish baxtiga muyassar bo‘lganman. Hozirgi kunda o‘sha birinchi muhabbatim — turmush o‘rtog‘im bilan juda baxtiyorman.
Shaxsiy hayotingizga san’atning salbiy ta’siri kuchlimi yoki ijobiy?
Lola: Bilasizmi, hayotga ham salbiy, ham ijobiy voqealar o‘z ta’sirini o‘tkaza oladi. Bu ayniqsa, san’atkorlar hayotida kuchli kechadi. Agar musiqiy to‘plamalarimni bir joyga jamlab tinglab ko‘rsangiz, butun tarjimai holimni bilib olishingiz mumkin. Hayotimiz davomida uchragan yutuqlar va mag‘lubiyatlarning o‘z o‘rni bor, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqara olishimiz zarur, deb o‘ylayman.
Nega kinoda ko‘rinmay qoldingiz?
Lola: Hozirda menga kinoda suratga tushish borasida ko‘plab takliflar bo‘lmoqda. Lekin ba’zilarining ssenariysi, ba’zilarining qahramonlari ma’qul kelmayotgani uchun rad etishga majbur bo‘lyapman. Agar noan’anaviy va o‘zimni chindan qiziqtirgan film ssenariysi qo‘limga tushib qolsa, tomoshabinlarni albatta xushnud etaman.
Hozir nima bilan bandsiz? Qo‘shiq yaratayapsizmi yoki filmda suratga tushayapsizmi?
Lola: Hozirgi kunda har doim shug‘ullanadigon ishim — ijod bilan bandman. Yangicha ijod, uslub, kliplar g‘oyasi ustida ishlash bilan ovoraman. Ayni paytda yangi “Kel” deb nomlangan albom ustida ishlamoqdamiz.
Как вы думаете, каким должен быть настоящий поклонник?
Lola: (Улыбаясь) Таким как участники Fลn of Lolล! Я очень горжусь своим фан-клубом, эти ребята на самом деле самыe лучшие, открытые, добрые и преданные поклонники. Они не раз меня выручали и поддерживали в трудных ситуациях. Я ими очень горжусь, спасибо, Fan of Lola, большое.
Nima uchun siz boshqa xonandalardan farqli o‘laroq juda kam duet kuylaysiz?
Lola: Duet qo‘shiqlarim kam deb o‘ylamayman. Tohir Sodiqov, Sardor Rahimxon, Shohruhxon bilan kuylagan qo‘shiqlarimiz bor. Yaqinda muxlislar e’tiboriga yana bir yangi duet qo‘shig‘ini havola etamiz. Uning aynan kim bilan birgalikda ijro etilgani hozircha sir.
В жизне больше всего что цените?
Lola: В жизни я больше всего ценю саму жизнь. Те моменты, которые уже не вернуть. Нужно жить и дорожить настоящим.
Eng yaxshi savol egalari:
Latofatli Lola suhbatni har doimgidek samimiy ko‘rinishda o‘tkazdi. Intervyuda qatnashgan muxlislari bilan xuddi yaqin qadrdonlardek suhbatlashib, yakunda ular bilan iliq xayrlashdi.Eslatib o‘tamiz, “Muloqot” saytlar tarmog‘i xonanda va aktrisa Lolaga “Yulduz” haykalchasini taqdim etgan edi. Ko‘p sonli muxlislari kabi, biz ham unga sog‘lik va ijod yo‘lida omad tilaymiz.