Yangi Zelandiyada 3-mart, payshanba kuni boshlangan referendum natijalariga ko‘ra mamlakat bayrog‘ini almashtirish masalasi hal bo‘ladi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Yangi Zelandiya bayrog‘i dizayni bilan bog‘liq referendum tashabbusi mamlakat hukumatiga tegishli.
2015-yilning 20-noyabridan 11-dekabrigacha o‘tkazilgan birinchi referendumda bayroq dizaynining muqobili tanlab olindi.
Endi fuqarolar taklif qilinayotgan yangi bayroqni tasdiqlash yoki eskisini qoldirish masalasini hal qilishi lozim.