Pentagon tarmoq xavfsizligi sohasidagi mutaxassislar uchun AQSh mudofaa vazirligining alohida tizimlariga buzib kirish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi, deya xabar bermoqda Meduza. Bungacha Amerikaning hech qaysi muassasasi xavfsizlik tizimlarini bu tarzda sinovdan o‘tkazmagan edi.
Xakerlik hujumini uyushtirishga urinishga faqat tanlov uchun ariza berib, avvaldan saylab olingan mutaxassislar qo‘yiladi. Tanlov sinov rejimida 2016-yil aprelida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. G‘olibga qanday mukofot berilishi oshkor etilmadi.