“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Alyaskaga birinchi charter dasturini amalga oshirdi, deya xabar bermoqda UzDaily.
O‘zbekiston milliy aviatashuvchisining Boeing-757 avialaynerida, ushbu dasturga muvofiq, 540 nafar yaponiyalik sayyoh AQShning Alyaska shtatida joylashgan Ferbenks shahriga yetkazildi.
Parvozlar Yaponiyaning Osaka, Tokio va Nagoya kabi uchta shahridan amalga oshirildi. Toshkent—Osaka—Tokio—Nagoya—Ferbenks—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bunday murakkab reys birinchi marta amalga oshirildi.
Izoh (0)