Xonanda Abdulla Qurbonov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida “bugun qatiqni ham puflab ichayotganini ma’lum qildi.
“Shuni alohida ta’kidlashingizni so‘rayman: osoyishtaligimiz posbonlarini turli noo‘rin gap-so‘zlar bilan xafa qilganimdan ming karra afsusdaman”, — dedi Abdulla Qurbonov.
“Kechani kecha, kunduzni kunduz demay bizning xavfsizligimiz uchun hushyor turishibdi. Ular borki, biz bugun tinch yurtda yayrab yashayapmiz”, — dedi xonanda.
“Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi, deyishadi. Men ham bunday xatolikka boshqa yo‘l qo‘ymayman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Abdulla Qurbonov.
Avvalroq, litsenziyasini qaytarib bergani uchun Abdulla Qurbonov “O‘zbeknavo”dan minnatdor ekanligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)