Xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘zining xonandalik litsenziyasi bilan bog‘liq vaziyatdan minnatdor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u RedPen nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Litsenziya bilan bog‘liq holatdan minnatdorman, u mendagi ayollikni uyg‘otishga yordam berdi. Chunki g‘ildirak ichidagi olmaxonga o‘xshab yugurayotganingda, yashashga ulgurmaysan”, — dedi xonanda.
“Konsertlar, ish, yangi albomlar, dasturlar — bularning hech biri to‘xtab, atrofga nazar tashlashga, yillar o‘tib ketayotgani va senda boshqa hayot ham borligini eslashga imkon bermaydi”, — dedi Lola.
“Menda chuqur nafas olib, hayotda aslida nimani xohlayotganim haqida o‘ylab ko‘rishga fursat bo‘ldi”, — deya qo‘shimcha qildi Lola Yo‘ldosheva.
Ma’lumot uchun, 2015-yilning iyul oyida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Lolaning litsenziyasini tugatilganini e’lon qilgan va bunga izoh bergan edi.
Lola Yo‘ldosheva: Xonandalar faoliyati qattiq nazorat ostida qolganidan afsusdaman
Xonanda Lola: Yopiq libos kiyib ham, noto‘g‘ri ishlar qilish mumkin
Lolaning litsenziyadan ayrilishiga sabab bo‘lgan libosi auksionda sotiladi, tushgan mablag‘ xayriyaga sarflanadi
Lola ajrashish sabablarini oshkor qildi
Izoh (0)