“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonanda Abdulla Qurbonovga faoliyatini davom ettirishi uchun litsenziyasini qaytarib berdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Menga shunday imkoniyat yaratib bergani uchun, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasidan ham minnatdorman”, — dedi xonanda.
Abdulla Qurbonovning fikricha, “O‘zbeknavo” xonandalar faoliyatining “bachkanalikdan xoli bo‘lishini nazorat etib turadi”.
“Kundan-kunga ko‘payib borayotgan xonandalarni tartibda ushlab turishning o‘zi bo‘lmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Abdulla Qurbonov.