Xitoy sharqidagi Anxoy provinsiyasidagi restoranda gaz balloni portlashi va undan keyingi yong‘in oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Portlash Uxu shahar okrugidagi restoranlardan birida ro‘y bergan. Hodisa joyiga shahar ma’muriyati vakillari yetib kelgan, o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.
Politsiya fojia tafsilotlarini o‘rganishga kirishdi.