Rossiya Suriya havo bo‘shlig‘ida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha AQSh bilan bo‘ladigan muzokaralarda qatnashishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Pentagon Rossiya Mudofaa vazirligidan Suriya osmonidagi havo operatsiyalari xavfsizligini ta’minlash choralarini muhokama qilish bo‘yicha o‘z taklifiga rasmiy javob oldi”, — deydi Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk.
Hozirgi vaqtda Rossiya tomonining takliflari o‘rganib chiqilmoqda. Piter Kukning qo‘shimcha qilishicha, tegishli muzokaralar dam olish kunlari bo‘lib o‘tishi mumkin.
Avvalroq, 7-oktabr kuni AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Qo‘shma Shtatlar Suriyadagi harbiy harakatlarini Rossiya bilan muvofiqlashtirib olmoqchi emasligini ma’lum qilgandi.
Rossiya hozirga qadar “aviazarbalar samaradorligini oshirish maqsadida” Suriyadagi diniy aqidaparastlarning infratuzilmalari haqidagi axborot taqdim etishni so‘rab, Britaniyaga murojaat qilgan.