Nyu-York sudi daromadlarni yashirish va poraxo‘rlik ishi bo‘yicha gumon qilinayotgan Dominikan Respublikasining BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Frensis Lorentsoni 2 million dollar miqdoridagi garov puli evaziga ozodlikka chiqarish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
Lorentso uy qamog‘iga joylashtiriladi, shuningdek, bundan keyin ham hibsga olinadigan bo‘lsa, diplomatik immunitetdan voz kechadi. Ayblov tomonining qayd etishicha, so‘nggi tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Lorentso taxmin qilinganidan-da ko‘proq pora olgani aniqlangan.
Avvalroq BMT bosh kotibi Pan Gi Mun AQSh ma’muriyati tomonidan tashkilot amaldorlariga nisbatan korrupsiya bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingani munosabati bilan xarajatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazishni so‘ragani ma’lum bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, AQShda BMT xodimlari orasida korrupsiya holatlari yuz bergani yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, BMT vakillari Makaodagi qurilishni ma’qullash uchun pora olgan.