Turkiya poytaxti Anqara shahri markazida yuz bergan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 86 kishiga yetdi. Meduza’ning Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asoslanib xabar berishicha, hodisa natijasida 180 kishi jabrlangan.
10-oktabr, shanba kuni tongda shahar markazidagi vokzal binosi yaqinida bitta yoki bir necha portlash yuz berdi. Terakt yuz bergan vaqtda vokzal oldidagi maydonga kurd tuzilmalari va Turkiya hukumatini yarashishga chaqirish maqsadida tashkil etilgan namoyish bo‘layotgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash terrorchi-kamikadze tomonidan amalga oshirilgan. Teraktning rasmiy sabablari hozircha ma’lum qilinmayapti.
Internetda portlash aks etgan video paydo bo‘ldi:
#Ankaradayız
— dokuz8haber (@dokuz8haber) October 10, 2015
Emek, Barış ve Demokrasi Mitingindeki patlama anı videosu#dokuz8 / @meliketmbk pic.twitter.com/it3dodESKz