Janubiy Koreyaning Kvanju shahar sudi 16-aprel kuni cho‘kib ketgan “Sevol” paromi kapitanini 36 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Shu tariqa u ayblov tomoni talab qilgan o‘lim jazosidan qutulib qoldi.
Uch nafar sudyadan iborat kollegiya “Sevol”ning 69 yoshli kapitanini favqulodda vaziyatda mas’uliyatsizlik ko‘rsatib, odamlar o‘limini keltirib chiqarishda aybdor deb topdi, biroq qotillikni amalga oshirishda aybsiz deb e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 16-aprel kuni bortida ekipaj a’zolari va 476 yo‘lovchi bo‘lgan “Sevol” paromi Koreya yarim orolining janubi-g‘arbida cho‘kib ketgan edi. Natijada 295 kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi bedarak yo‘qolgan, deb e’lon qilingan.