Egizak farzandlar kutayotgan gersoginya Keyt Middlton sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli ba’zi rasmiy tashriflarini bekor qilishga majbur bo‘ldi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua.
Masalan, yaqinda Keytga shifokorlar Maltaga safar qilishni taqiqladi. Uning yaqin do‘stlari xabar berishicha, gersoginya noma’lum muddatga ota-onasining qishloqdagi uyiga ko‘chib o‘tgan. “U yerda Keyt shahar shovqini va saroy hashamatidan uzoqroq bo‘lib, bemalol dam olishi mumkin”, — dedi uning do‘stlaridan biri.
Homiladorlik toksikozi o‘tib ketgach, Keyt yana o‘z majburiyatlari va hashamdor hayotiga qaytishi kutilmoqda.
Chet el jurnalistlari hisob-kitoblariga ko‘ra, birinchi homilasi davrida ham gersoginya toksikozdan azob chekkan, bu taxminan 13-haftagacha davom etgan edi. Hozir Keytda homiladorlikning o‘ninchi haftasi ketmoqda, demak qiyinchiliklar tugashiga ko‘p vaqt qolmadi.