Fransiya OAVlari adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti yangi sohibi yozuvchi Patrik Modianoni topa olmayapti. Uning so‘nggi asarlarini chiqargan “Gallimar” nashriyoti ham u bilan bog‘lana olmayotganini aytgan, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ma’lum bo‘lishicha, Shvetsiya akademiyasi rahbariyati ham unga adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgani haqidagi quvonchli xabarni yetkaza olmayapti. Ayni paytda Fransiyada hech kim Modianodan intervyu olishga muvaffaq bo‘lmagan.
Modianoga adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti “kishilarning aql bovar qilmas taqdirlarini paydo qilib, istilo dunyosini ochib bergan xotira san’ati” uchun berilgani Nobel qo‘mitasi maktubida aytiladi.
Avvalroq fiziologiya va tibbiyot, fizika va kimyo sohalarida sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bugun, 10-oktabr kuni tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi e’lon qilinadi.