Apple brendi ketma-ket ikkinchi yil dunyodagi eng qimmat brend deb tan olindi, deya xabar bermoqda Korrespondent.net Interbrand kompaniyasi tomonidan har yili tuziladigan Best Global Brands reytingiga tayanib.
O‘tgan yil ichida Apple brendi 21 foizga oshdi, ayni paytda u 118,9 milliard dollarga baholanmoqda.
Ikkinchi pog‘onani Google egalladi. Ushbu brendning narxi 2013-yildan buyon 15 foizga oshib, 107,4 milliard dollarga yetdi.
Yuqori uchlikni Coca-Cola brendi yakunladi. Uning o‘sish darajasi 3 foizga, ayni paytdagi narxi esa 81,6 milliard dollarga teng bo‘ldi.
Reytingning to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarini IBM (72,2 milliard dollar) hamda Microsoft (61,2 milliard dollar) kompaniyalari brendlari egalladi.
Eng qimmat brendlar o‘nligiga General Electric (45,48 milliard dollar), Samsung (45,46 milliard dollar), Toyota (42,39 milliard dollar), McDonald’s (42,25 milliard dollar) va Mercedes-Benz (34,34 milliard dollar) kompaniyalari brendlari ham kirdi. Reytingdan jami yuzta kompaniya joy oldi.