Tojikiston aloqa operatorlari Dushanbe aholisi uchun SMS yuborish funksiyasini o‘chirib qo‘ydi. Bu haqda respublika uyali aloqa kompaniyalaridagi manbalariga tayanib, Interfax xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu hukumat buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. 10-oktabr kunining ikkinchi yarmida muxolifat namoyishlari kutilmoqda.
Hukumat poytaxtdagi xavfsizlik choralarini kuchaytirgan, deb yozadi nashr. Xususan, shaharga kiraverishda blokpostlar o‘rnatilib, bronetexnika joylangan. Markaziy ko‘chalarga katta miqdordagi militsiya xodimlari jalb qilingan.
Ijozat berilmagan aksiyalarga “24-guruh” tarafdorlari da’vat etmoqda. Ushbu guruh respublika Oliy sudi tomonidan 9-oktabr kuni ekstremistik tashkilot deb e’lon qilindi.
Dushanbeda ruxsat berilmagan namoyishlarni o‘tkazishga qaratilgan chaqiriqlar oktabr boshida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Muxolifatchilar, xususan mamlakat prezidenti Emomali Rahmon iste’fosini talab qilmoqda.