Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Jon Kerri Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Rossiya TIV rasmiy vakili Aleksandr Lukashevich so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv 14-oktabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Suhbatning konstruktiv bo‘lishi kutilmoqda. Ikki tomonlama dolzarb munosabatlar va xalqaro kun tartibidagi qizg‘in mavzular, jumladan Ukrainadagi inqiroz muhokama etiladi”, — deya ta’kidladi diplomat.
Shuningdek, Lavrov o‘zining fransiyalik hamkasbi Loran Fabius bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.