Shvetsiyaning Malmo shahrida 27-apreldan 3-mayga qadar Tepe Sigeman 2024 turniri bo‘lib o‘tdi.
Nodirbek Abdusattorov, Arjun Erigaisi, Vinsent Keymer, Ju Venjun, Peter Svidler, Anton Korobov, Nils Grandelius hamda Mark Andria Maurizzi kabi 8 nafar grossmeyster ishtirok etgan turnir o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov asosiy davrada 4,5 ochko jamg‘argan edi.
Taybrekda esa Peter Svidler hamda Arjun Erigaisini mag‘lubiyatga uchratib, turnir chempioniga aylandi.