
Namangandanman. Toshkent davlat universiteti jurnalistika fakulteti hamda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlaganman. “Daryo”da 2015-yildan beri faoliyat yuritib kelaman va bu borada eng katta stajga ega boʻlsam kerak. “Dunyo” va “Mahalliy” boʻlimlarida ishladim, hozirda esa tahririyat ekspertiman, tahliliy materiallar, intervyular tayyorlash bilan shugʻullanaman. Sevimli filmlarga kelsak, Robert de Niro, Al Pachino va Richard Gir ishtirokidagi filmlarni yoqtiraman. Kitoblardan esa fransuz yozuvchisi Andre Moruaning buyuklar hayotiga bagʻishlangan biografik romanlarining deyarli barchasini oʻqib chiqqanman.
2
Мақола5 085
Кўришлар сони