Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida joylashgan Inter Logistics MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Hozirda hududda portlash oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Portlash to‘lqini ko‘p qavatli uylardagi o‘nlab xonadonlarning oynalarini sindirgan. Voqea joyida ko‘plab huquq-tartibot idoralari xodimlari va maxsus xizmatlar bo‘lib turibdi. Ayni vaqtda yetkazilgan zarar va jabrlanganlar soni aniqlanmoqda.
Toshkent hokimligi Sergelidagi portlash bo‘yicha vaziyat to‘liq nazoratga olinganini
ma’lum qildi. Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqovning
qayd etishicha, portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi.
- Sog‘liqni saqlash vazirlining maʼlum qilishicha, portlash oqibatida jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filialiga olib kelingan.
- Uzbekistan Airports ga ko‘ra, Toshkentdagi portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga taʼsir qilmagan.
- Voqea poytaxt aeroporti faoliyatiga taʼsir ko‘rsatmagan, “Toshkent” xalqaro aeroporti cheklovlarsiz odatiy rejimda ishlamoqda.
“Daryo” voqea joyidan yana bir fotoreportajni taqdim etadi.