2018-yil 6-sentabr kuni noma’lum shaxs Qarshi shahrida joylashgan “Uzbekistan GTL” zavodida qurilish ishlarini olib borayotgan “Evro Engineering” kompaniyasining xizmat xonasi eshigini buzib kirib, u yerdan 10 000 AQSh dollari va kompaniya ishchi-xizmatchilariga oylik maoshi sifatida berilishi kerak bo‘lgan 46 171 000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahrida yashovchi, yuqoridagi kompaniyaning haydovchisi M.Ch. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.