Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 8-sentabr kuni “Galatut” MFYda yashagan F.X. uyidan tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinganida vafot etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 6-sentabr kuni F.X.ning birga yashovchi turmush o‘rtog‘i R.S. uyida oilaviy janjal sabab F.X.ning boshiga taxta bilan urib, jarohat yetkazganligi, bu bo‘yicha F.X. hech qayerga murojaat qilmaganligi ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.S. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.